Mourinyu nega "Yuventus" muxlislarining jahlini chiqardi?
08 noy 2018 12:27
Yangiliklar
Mourinyu nega "Yuventus" muxlislarining jahlini chiqardi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, nega qo'lini qulog'iga qo'yib, muxlislar jahlini chiqargani haqidagi savolga javob berdi.
Portugaliyalik murabbiy, bu yo'l bilan uni haqorat qilgan italiyalik muxlislarga javob berdi.
Mourinyu: 90+4 daqiqada nima bo'lganini bildingizmi?
Jurnalist: Siz "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabani boshqacha nishonladingiz.
Mourinyu: Siz italyancha bilasizmi?
Jurnalist: Yo'q.
Mourinyu: Unda Angliya futbol associaciyasiga murojaat qiling, ular sizga tarjima qilib berishadi.
Joze Mourinyu bu gaplari bilan, Angliya futbol associaciyasining ustidan kuldi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Manchester Yunayted" ustozi "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahsda so'kingan edi. Angliya futbol associaciyasi mutaxassisni jazolamagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar