Mourinyu N'Dombele bilan ziddiyatga borgani to'g'risidagi xabarlarni rad etdi
25 iyu 2020 00:16
Yangiliklar


Mourinyu N'Dombele bilan ziddiyatga borgani to'g'risidagi xabarlarni rad etdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa yarim himoyachisi Tangi N'Dombele bilan o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgani to'g'risidagi mish-mishlarni rad qildi. 23 Yoshli futbolchi kecha "Vest Xem"ga (2:0) qarshi o'yinda zahira o'rindig'ida qolgandi.
"Konflikt? Zahirada Tangi, Sessenon, Alderveyreld, Vertongen, Jedson Fernandesh singari futbolchilar bor edi. Ularning hech biri maydonga chiqmadi. Bu futbol, boshqa hech narsa emas.
Men hujumkor o'yiinchilar — Lamela va Uinksni maydonga tushirdim. 5ta almashtirish imkoniyati borligi tufayli, odamlar men ularning barchasidan foydalanishimga ishonishadi. Ammo bu majburiyat emas, imkoniyatdir. Men jamoamni barqaror holatda ushlamoqchiman. Biz uchun uchta almashtirish etarli. Jamoa uchun borimni berishga tayyorman, lekin o'yinni 12-13 kishi bilan boshlay olmayman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar