So’nggi yangiliklar

08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  1 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10

Mourinyu: "Kimlardir bu APL ekanligini tushuna oladimi?" Yangiliklar

Mourinyu: "Kimlardir bu APL ekanligini tushuna oladimi?"

Teglar :  TottenxemBernli
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 29-turi doirasida "Bernli"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

"Lukas Moura va Jovanni Lo CHelsoning holati asosiy rolni o'ynadi.

Istasam o'yin haqida hech nima demayman. Lekin, birinchi bo'limdagi yo'q narsalarimiz ikkinchisida paydo bo'ldi.

Ikkinchi taymda nisbatan yaxshiroq o'ynashni boshladik. Biroq batafsil gapirgim kelmayapti.

Moura, Lo CHelso, Alli, Bergveyn - ular qattiq charchashdi va bu yaqqol sezildi. Biroq kuchga to'la futbolchilar o'yinga ko'proq effekt berishini kutgandim.

Kimlardir bu APL ekanligini tushuna oladimi? "Bernli" maydonidagi o'yin jamoaga katta tajriba bo'ladi. Umid qilamanki, kelasi mavsumda chiroyliroq o'yin ko'rsata olamiz.

Jamoani yaxshilash maqsadida ishlayapman. Biroq murabbiyga ham yaxshi futbolchilar kerak"

Tangi Ndombele haqida

"U APLdagi har bir o'yinidagi daqiqasidan unumli foydalanmoqda. Unga qadar ham barcha futbolchilar yangi davlatidagi ilk mavsumida katta qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Uning iqtidori yuqori, biroq APLda bundan-da yaxshiroq o'yin ko'rsatish kerakligini u tushunib olishi kerak. U jamoaga kerakli futbolchi va shu boisdan imkoniyat olishda davom etadi"

Hujumchilar haqida

"CHorshanba kunidagi 95 daqiqadan keyin Alli bugun yaxshi o'ynadi. Agarda ilk daqiqada yaratilgan vaziyatda markazda Alli emas, haqiqiy hujumchi bo'lganida darvozani ishg'ol qilgan va katta ehtimol bilan uchrashuvda g'alabaga erishgan bo'lardik. Hujumkor futbolchilar ham hujumchi rolini bajarishda harakat qilishmoqda, ammo baribir ular hujumchi emas. Ha, tarkib borasida og'ir damlarni o'tkazyapmiz. Kelasi mavsumda barchasi yaxshi bo'lib ketadi"

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика