Mourinyu ketmas ekan, MYUda sport direktori lavozimi paydo bo'lmaydi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 11:51
"Manchester Yunayted" rahbariyati bosh murabbiyi Joze Mourinyo ketmagunicha sport direktori lavozimini joriy etmaslikka qaror qildi.

Oldinroq, yozgi transfer oynasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng mankunianlar sport direktori lavozimini yaratishmoqchi edi.

Ijrochi direktor Ed Vudvord markaziy himoyachi va xavbek xarid qila olmadi va shu tufayli Vudvord hamda Mourinyu munosabatlari yomonlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, endi "Manchester Yunayted"da sport direktori lavozimi yaratilishi kechiktiriladi, chunki bu narsa APL startidagi omadsizlikdan so'ng katta bosim ostida qolgan Mourinyu vaziyatini og'irlashtirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail