Mourinyu: "Inter" bizga hech qanday taklif bilan chiqmagan"
17 jan 2020 21:27
Yangiliklar


Mourinyu: "Inter" bizga hech qanday taklif bilan chiqmagan"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Kristian Eriksenning ketishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Ularning optimizmligiga tushunmadim. Balkim mendan ham ko'prog'ini biladiganlar bordir, biroq "Inter" bizga taklif bilan chiqmagan.
Bir necha haftalardan buyon muxlislar Eriksenning har bir o'yini jamoa uchun ohirgisi bo'layotganini gapirmoqda. Biroq u bugun ham, ertaga ham "Tottenxem"da o'ynaydi", - dedi Mourinyu.
Oldinroq Eriksen 10-15 mln evro evaziga "Inter"ga o'tishi borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar