Mourinyu: “Ikkinchi bo'limda “Arsenal” bizga muammolar tug'dirdi”
07 dek 2020 09:55
Yangiliklar


Mourinyu: “Ikkinchi bo'limda “Arsenal” bizga muammolar tug'dirdi”
“Tottenxem” ustozi “Arsenal”ga qarshi APL 11-tur bahsidan (2:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Albatta, biz baxtlimiz. “Tottenxem” himoyada tartibli harakat qilgan holda o'yinni nazorat qildi. Son va Harrining gollari esa shunchaki ajoyib chiqdi. Ikkinchi bo'limda “Arsenal” bizga muammolar tug'dirdi. Bu juda yaxshi jamoa. Meni ularning ayni damda musobaqa jadvalining qaerida ekanligi xavotirga solmayapti, ular juda yaxshi jamoa. Mikel — juda ham sifatli murabbiy.
Ikkinchi bo'limdagi asosiy vazifamiz darvozamizni daxlsiz saqlash edi, buni uddaladik. “Arsenal” esa taktik jihatdan qoyilmaqom harakat qildi. Arteta bu borada juda aqlli”, — deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar