Mourinyu: “Google'ni qidirib, Klopp qachon “Liverpul”ga kelganini bildim”
04 jan 2020 20:15
Yangiliklar


Mourinyu: “Google'ni qidirib, Klopp qachon “Liverpul”ga kelganini bildim”
"Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppni o'zining misolida keltirib, “shporlar” qayta shakllanishi uchun biroz muddat zarurligini aytdi.
“Liverpul” – hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi jamoasi. Google'ni ishga solib, Klopp klubga 2015 yilning oktyabrida kelganini bildim. Hozir 2020 yil. SHu vaqtga qadar 8ta transfer oynasini ko'rdik. Eng muhimi esa Klopp o'z o'yin falsafasini singdirish, mashg'ulot usullarini qo'llash orqali jamoada iz qoldirishga ulgurdi. Ular qadamma qadam mehnat qilishdi va qilingan fantastik ishlarning barchasi shunday ajoyib natijalarga sabab bo'ldi. Ilk mavsumni (APL) ular qaysi pog'onada yakunlashdi? Sakkizinchimidi? To'rt yildan keyin esa “Liverpul” – jahonda eng zo'ri”, – deya so'zlarini yakunlagan Joze.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar