Mourinyu Eriksenga Italiyadan o'rinbosar topdi
24 noy 2019 23:07
Yangiliklar


Mourinyu Eriksenga Italiyadan o'rinbosar topdi
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Roma" futbolchisi Nikolo Zanoloni xarid qilmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, Mourinyu 20 yoshli yarim himoyachini Kristian Eriksenga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Joriy mavsumda Zanolo Italiya chempionati va Evropa Ligasi musobaqalarida 16ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, Eriksen 2020 yil yozida shartnoma muddati tugagach, "Tottenxem"ni tark etish niyatida. SHu bilan birga, londonliklar qishda daniyalik yarim himoyachini sotib olishni istagan klublarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyorlar. Avvalroq, Eriksenning o'rnini egallash uchun "Ayaks" futbolchisi Xakim Ziesh va "Roma" xavbeki Lorenco Pellegrini nomzodlarini ko'rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar