Mourinyu Eriksen va Kavani haqida gapirdi
21 jan 2020 21:03
Yangiliklar


Mourinyu Eriksen va Kavani haqida gapirdi
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu klub yarim himoyachichi Kristian Eriksenning kelajagiga aniqlik kiritdi.
Avvalroq, Eriksen qishki transfer oynasida “Inter”ga o'tishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
“Tottenxem” ikkita sabab tufayli yangiliklar lentasidan kam joy oladi. Birinchidan, biz har kuni o'yinchi sotib olmaymiz. Ikkinchidan esa men boshqa jamoa futbolchilari haqida gapirishni xohlamaydiganlar toifasidanman. Ayrim murabbiylar bu ishidan mamnun ammo men ularning qatorida emasman. Eriksenga kelsak, menda sizlarga (jurnalistlar) yomon xabar bor. U “Norvich”ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'tkazilgan.
Edinson Kavani? PSJ rahbari hamda sport direktori bilan munosabatlarimiz yaxshi va men buni saqlab qolishni xohlayman. SHu bois, boshqa klub azosi haqida hech narsa ayta olmayman”, – deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar