Mourinyu Donnarummaning "Roma" bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda. Murabbiy klub rahbariyatdan mablag' so'radi

Alisher
1 iyun 2021, 17:57
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma A Seriyada qolishi mumkin.

"Milan"dan ketayotgan darvozabonni "Roma", aniqrog'i "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Portugaliyalik klub rahbariyatidan 22 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolashga mablag' so'ramoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Donnarummaga "Barselona", "Yuventus" va PSJ  klublari qiziqish bildirmoqda.

Donnarumma yakunlangan mavsum A Seriyada 37ta o'yinning 13tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi va "Milan"ning Chempionlar Ligasiga chiqishida yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport