Mourinyu: "CHL chorak finalida inlizlar to'qnashuvini ko'rmoqchiman"
15 mar 2019 14:10
Yangiliklar


Mourinyu: "CHL chorak finalida inlizlar to'qnashuvini ko'rmoqchiman"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu bugun bo'lib o'tagina CHempionlar ligasi chorak final qurasida qanday juftliklarni ko'rmoqchi ekanligini aytdi.
"Birinchi navbatda ingliz klublari o'rtasidagi to'qnashuvni ko'rmoqchiman, ularning o'zaro o'yini qiziq bo'lardi. Ikkinchidan, "Ayaks" hamda "Portu" bahsi. Gollandiya va Portugaliya klublari uchun keyingi bosqichga chiqish katta ahamiyatga ega bo'lardi. "Yuventus" va "Barselona" juftligini istamayman, bu keyingi bosqichlarga mos keladigan o'yin" - deydi Mourinyu.
"Manchester Siti", "Tottenxem", "Portu", "Ayaks", "Liverpul", "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Barselona" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar