Mourinyu Braziliyaga rad javobini berdi
10 jan 2023 10:39
Yangiliklar
Mourinyu Braziliyaga rad javobini berdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Sport.es.
Manbaning xabariga ko'ra, 59 yoshli mutaxassis Italiya klubida qolib, jamoa bilan bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritmoqchi.
Avvalroq "Portu" sobiq futbolchisi Karlos Alberto Mourinyu terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligini aytib, unga Joze yordamchi bo'lishni taklif qilganini ochiqlagandi.
Braziliya terma jamoasi Tite ketganidan keyin murabbiysiz qoldi. 61 yoshli mutaxassis Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida (1:1, penaltilar bo'yicha – 2:4) mag'lub bo'lgach, istefoga chiqqanini malum qildi. U terma jamoada 2016 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Fikrlar