Mourinyu: "Bizni tinch qo'ying"
06 dek 2018 11:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465982_original.jpg)
![](/upload/storage/465982_220.jpg)
Mourinyu: "Bizni tinch qo'ying"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal"ga qarshi bahsdan (2:2) so'ng, mankunianlarning o'yini haqida xulosa chiqarishga shoshmaslikni so'radi.
"Bu "Manchester"ni Roy Kin, Ruud van Nistelroy va Nemanya Vidich o'ynagan jamoaga tenglashtirishlariga qo'shilmayman. Bizni tinch qo'ying va vaqt bering. Jamoamizning yuragi borligidan xursandman, ammo hozircha barqarorlik etishmayapti.
Futbolchilar yana bor kuchini ishga solishdi, buning uchun ularni maqtash lozim. Smollingning sog'ligida muammolar bo'lishiga qaramasdan u jonini berib o'ynadi. SHunga qaramasdan "Arsenal" biz nazoratni yo'qotgan zonalarda juda xavfli o'ynadi" - deydi portugaliyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar