Mourinyu bilan urushib qolgan Matich "Roma"dan ketmoqda
13 avg 2023 18:24
Yangiliklar


Mourinyu bilan urushib qolgan Matich "Roma"dan ketmoqda
"Roma" xavbeki Nemanya Matich "Renn"ga o'tadi.
Franciya klubi 35 yoshli xavbek uchun 3 mln evro va bonuslar qo'shib berishga tayyor. Matichning ketishiga sabab sifatida jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan kelisha olmay qolgani keltirilmoqda. Bunga qadar u portugaliyalik bilan "CHelsi" va "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.
Matichga o'rinbosar sifatida "Roma" 2014-17 yillar davomida Rimda o'ynagan hozirda PSJda faoliyat olib borayotgan Leandro Paredesni tarkibga qaytarishni istamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar