Mourinyu "Barselona" o'yinchisini xarid qilmoqchi
19 apr 2022 13:57
Yangiliklar
Mourinyu "Barselona" o'yinchisini xarid qilmoqchi
"Barselona" vingeri Abde Ezzalzuli "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Transferga shaxsan "bo'rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiziqish bildirmoqda. "Roma" 10 mln evrolik taklif berishni rejalashtirmoqda. Moliyaviy muammolarni hisobga olsak, "ko'k-anorranglilar" transferga rozilik bildirishlari mumkin.
Abde "Barselona"ga 2021 yilda "Erkules"dan 2 mln evro evaziga o'tgandi. O'yinchining shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
20 yoshli marokashlik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar