Mourinyu - Arteta haqida: "Arsenal"da ishlash uchun yuqori saviyada bo'lish kerak, demak..."
03 dek 2020 23:51
Yangiliklar


Mourinyu - Arteta haqida: "Arsenal"da ishlash uchun yuqori saviyada bo'lish kerak, demak..."
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Arsenal"dagi hamkasbi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi.
"U yaxshi murabbiy, istedodi bor. U murabbiylikka kelishi bilanoq, muhim pallada tezda sovrinlar qo'lga kiritdi.
"Arsenal"da ishlash uchun yuqori saviyali bo'lish kerak. Sen "Arsenal"ni boshqaryapsanmi, demak, shunga munosibsan.
Demak, Mikel ajoyib murabbiy. SHu o'rinda ushbu sohada ishlayotgan barchaga o'z hurmatimni aytib o'tmoqchiman", - dedi Mourino.
"Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar