Mourinyu Angliya – Daniya o'yinidagi penalti haqida fikrini bildirdi
08 iyu 2021 20:22
Yangiliklar
Mourinyu Angliya – Daniya o'yinidagi penalti haqida fikrini bildirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Evro-2020 doirasidagi Angliya – Daniya uchrashuvi birinchi overtaymida Danni Makkeli belgilagan penalti haqida keskin firk aytdi.
Eslatib o'tamiz, hakam Raxim Sterlingning Yoakim Mele bilan to'qnashuvidan keyin 11 metrlik "nuqta"ni ko'rsatdi. Angliyalik bu vaziyatda simulyaciya ishlatgani borasida fikrlar yangramoqda.
Xarri Keyn penaltidan unumli foydalana olmadi, ammo qaytgan to'pni darvozaga kiritishga erishdi. Ushbu gol hal qiluvchi rol o'ynadi va Angliyani finalga olib chiqdi.
"Futbol insoni sifatida bu vaziyatda penalti belgilanganidan hayratdaman. Angliya o'z kuchi bilan yuta oladi deb o'ylagandim", – dedi Mourinyu.
Fikrlar