Mourinyu 26 ta sovrinni qanday qo'lga kiritgani sirini ochdi
25 iyu 2022 21:32
Yangiliklar
Mourinyu 26 ta sovrinni qanday qo'lga kiritgani sirini ochdi
Portugaliyalik mutaxassis o'zining murabbiylik qobiliyati haqida gapirdi.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu biror jamoaga qo'shilganidan so'ng qisqa vaqt ichida qanday qilib chempionlikni qo'lga kiritishini tushuntirishga harakat qildi.
"Menimcha, bu jamoani tushunishga harakat qilganim uchun bo'lsa kerak. Men o'qiganman. Farqlardan maksimal darajada foydalanishga, o'z g'oyalarimni amalga oshirishga harakat qilaman, lekin shu bilan birga, mahalliy madaniyatni, shuningdek, o'yinga bo'lgan mahalliy yondashuvni hurmat qilaman", – dedi Mourinyu.
Portugaliyalik hisobida 26 ta sovrin bor. O'tgan mavsumda u "Roma" bilan birgalikda Konferenciya Ligasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. Rimliklar turnir finalida "Feyenoord"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
Fikrlar