Mourinyu: "14 yildan beri ECHLda qatnashyapman va 14 marta pley-off yo'llanmasini qo'lga qiritdim"
28 noy 2018 06:07
Yangiliklar
Mourinyu: "14 yildan beri ECHLda qatnashyapman va 14 marta pley-off yo'llanmasini qo'lga qiritdim"
MYU ustozi Joze Mourinyu "Yang Boyz"ga qarshi uchrashuvdan (1:0) so'ng, o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"14 yildan beri ECHLda qatnashyapman va 14 marta pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdim. Faqat 2 yil CHempionlar Ligasida o'ynamadim va shu vaqtda Evropa Ligasini ikki marta yutdim".
"De Xea? Fikrimcha, bugungi uchrashuvdagi birgina seyvi o'yin masalasini hal qildi. Bu shunday vaziyat bo'ldiki, buni dunyoning eng yaxshi darvozaboni ijro etdi va jamoasiga g'alaba qozonish imkoniyatini taqdim qildi. Agar biz gol o'tkazib yuborganimizda edi, pley-offga chiqishda muammoga duch kelar edik. SHuning uchun, De Xea - jahon darajasidagi futbolchi", - dedi Mourinyu.
Fikrlar