Mourinyoning "qora ro'yxati"

Mirjalol Normatov
11 avg 2018, 22:31
Joze Mourinyo: u shunday inson, 5 klub bilan 25 sovringa ega chiqqan.

"Real" murabbiyi bo'lganida "Barsa"ning yuragigacha g'ulg'ula solgan, "Portu" va "Inter" bilan treblga erishgan, 50 yil o'tib, "Chelsi"ni "odam qilgan", yuqori ambiciyalarni ko'zlaydigan jamoaga aylantirgan, ko'plab futbol yulduzlarini yetishtirib bergan.

Ammo, u dimog'dor, kekkaygan, hamisha katta gapiradi va o'ziga to'g'ri kelmaydigan futbol yulduzlari bilan osongina xayrlashib yuboraveradi. Biz ana shunday futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

RAUL GONSALES

Mourinyoning "Real"dagi faoliyati yuqori notada boshlanmagan. Madridga kelganidan keyin jamoa afsonasi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Albatta, gap Raul haqida ketmoqda. 

Mourinyo 2010 yilda "qirollik klubi"ga borganidan keyin jamoada faqatgina bir inson hukmron bo'lishini istagan. Raul ketganidan keyin "Real" futbolchilari asosiy tarkib uchun qattiq kurasha boshlashdi. Bunga Mourinyo sababchi bo'ldi.

IKER KASILYAS

Madridning sevimli 1-raqamidagi Iker Kasilyas ham "Special One"ning "qora ro'yxati"ga tushib qolgan. 10-YCHL sovrinidan keyin Iker o'zining sevimli jamoasini ko'zida yosh, alam bilan tark etdi. Madridliklar uchun bu tragediya 2015 yilda sodir bo'ldi. 

O'sha vaqtda Mourinyo "Real"dan ketishga ulgurgandi, ikki yil oldin u "Chelsi"ga qaytgandi. Barchasi 2012 yilning dekabrida "Malaga"ga qarshi bahsda boshlandi. Kasilyas zaxira o'rindig'ida qoldi, uning o'rnida darvozani qo'riqlashga Antoni Adan qo'yildi. Madrid jamoasi 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo Adan Jozening asosiy ro'yxatida qoldi. Bu holat bir necha oylar davom etdi. Iker mamlakat kubogi doirasida "Valensiya"ga qarshi bahsda o'z vazifasiga kirishdi. 

Biroq jamoa muxlislari xursand bo'lishga ham ulgurmadi. Kasilyas qo'lidan jarohat oldi. Ikerning o'rinbosari sifatida Liego Lopes qoldi. U Jozening ishonchini oqladi va jamoaning asosiy posboniga aylandi. Kasilyas hatto sog'ayganda ham, zaxirada qolib ketdi.

DAVID LUIS

Braziliya termasi va Angliya Premer-ligasining eng yaxshi himoyachilaridan biri David Luis "Chelsi" tarkibiga 2011 yilda borib qo'shilgandi. Futbolchi uzoq vaqt kutilgan YCHL sovrini qo'lga kiritilishida o'zining munosib hissasini qo'shdi. 

Barchasi yaxshi ketayotgandi, ammo 2013 yilda Mourinyo "Chelsi"ga qaytganidan keyin vaziyat boshqa tomonga kyetib qoldi. Barcha biladi, Mourinyoning o'zgacha himoyaviy uslubi bor, shu boisdan braziliyalikning xizmatlaridan foydalanmadi. 2014 yilda "Chelsi" himoyachini PSJga 50 mln evroga sotib yubordi. 2016 yilda Mourinyo "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Oradan 2 oy o'tib, Luis "Chelsi"ga qaytdi.

BASTIAN SHVAYNSHTAYGER

Yuqorida aytilganidek, Mourinyo 2016 yilda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylandi. Shundan bir yil oldin jamoa tarkibiga amaldagi jahon chempioni Bastian Shvaynshtayger borib qo'shilgandi. 

Ulkan tajribaga, JCH sovriniga, yuqori professionalizmga ega bo'lsa ham, Shvayni Mourinyoning ishonchiga kira olmadi. Portugaliyalik murabbiy jamoada ish boshlaganidan keyin germaniyalik futbolchi MYUning yoshlar jamoasiga o'tkazib yuborildi. 2017 yilda Shvaynshtayger Angliyadan MLSga ko'chib o'tdi.

GENRIX MXITARYAN

Mxitaryan va Mourinyo "Manchester Yunayted"ga 2016 yilda bordi. Avvaliga Mxitaryan jamoaning asosiy futbolchisiga aylana olmadi va asosan zaxiradan maydonga tushdi. Oradan vaqt o'tib, Genrix bosh murabbiyga qanday darajadagi futbolchi ekanligi va boshqa jamoadoshlaridan ajralib turadigan hususiyatlari borligini ko'rsatdi. Armanistonlik futbolchi Mourinyoning ishonchiga kirgandek edi, ammo unday bo'lib chiqmadi. 2017 yilning noyabr oyida MYUning "Brayton"ga qarshi uchrashuvidan keyin Mourinyo Mxitaryanning o'yinidan mamnun emasligini aytdi.

2017 yilda Mxitaryan jamoasidagi ikkinchi golini Yevropa ligasining finalida kiritdi va bahsning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Bu ham kamlik qildi. 2018 yilning 22 yanvarida "Arsenal" Mxitaryanning transferini e'lon qildi.

Biz ushbu ro'yxatga Kaka, Xuan Mata, Kevin De Bryuyne, Frenk Lempard kabi futbolchilarni ham kiritishimiz mumkin edi. Biroq bu ham hammasi emas. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Pol Pogba bilan til topisha olmayotgani borasida ma'lumotlar bor. Vaziyatlar qanday davom etishini bilmaymizu, biroq Pogba Mourinyoning ushbu ro'yxatiga tushib qolmasligini istab qolamiz.

Mirjalol Normatov tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: vivaronews.com