Mourinyoda yubiley

Mirjalol Normatov
7 okt 2018, 13:58
"Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alaba Joze Mourinyo uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Portugaliyalik murabbiy milliy chempionatlardagi 400-g'alabasini nishonladi. U murabbiy sifatida milliy chempionatlarda 597 uchrashuv o'tkazdi. 400 g'alaba qayd etgan murabbiyning jamoalari 124 marta durang o'ynagan va 73 marta mag'lub bo'lgan.

Mourinyo MYUga qadar "Real", "Chelsi", "Inter" va "Portu" kabi jamoalarda ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA