So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  8 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  2 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

Mourino-Venger. So'z o'yinlar dueli! Yangiliklar

Mourino-Venger. So'z o'yinlar dueli!

So'nggi vaqtlarda Mourino va Venger o'rtasidagi so'z o'yinlari matbuot uchun eng qizg'in muhokama mavzusiga aylanib qoldi. Etiboringizga ushbu ikki mutaxassisning bir-biri manzili tomon yo'llagan eng qiziqarli jumlalarni havola etamiz.
Venger “ahmoqlik va hurmatsizlik” haqida:

- Men Mourino tomonidan men tomon hurmatsizlik va ahmoqlik bilan aytilgan gaplariga uchmoqchimasman. Ularga ortiqcha etibor qaratish istagim ham yo'q. U haqida matbuot-anjumanlarida gapirmaganman. Bundan keyin ham gapirmoqchimasman. Mening nazdimda, uning so'zlari kaminadan ko'ra “CHelsi” klubidagilarni jahlini ko'proq chiqarishi kerak.

Mourino o'tmish haqida:


- Modomiki, Venger muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqishda ayblayotgan ekan, u o'tmishimga nisbatan hurmatsizlik qilyapti. U mening o'tmishimni hurmat qilmas ekan, men uning o'zini hurmat qilmayman. Unga javobim shu.

Venger Mataning “MYU”ga sotilishidagi adolatsizlik haqida:

- Matani qo'yib yuborishayotganidan juda hayronman. Xuan - ajoyib futbolchi. Uni sotish bilan “CHelsi” o'z raqobatchisini kuchaytirib yuboryapti. Umuman olganda, ular “MYU”ga qarshi har ikki o'yinlarini o'tkazib bo'lishdi-ku a? Agar sen barcha jamoalarga nisbatan adolatni saqlamoqchi bo'lsang, hech qachon bunday ishlar ro'y berishiga yo'l ochib bermasliging lozim. “CHelsi” nimaga erishmochligini to'liq tushunib turibman. Bir qaraganda, ular hech qanday qonunni buzishgani yo'q. Biroq mana shu qoidalarni yanada adolatliroq qilib tuzilsa, hamma uchun ham yaxshiroq bo'lardi.

Mourino Vengerning shikoyatlari haqida:

- Vengerning shikoyat qilishi odatiy va normal holat. U har doim shunday qiladi.  U Xuan Mataning “MYU”ga o'tishini adolatsizlik deb atabdi. Men esa adolatsizlik deganda sal boshqa vaziyatni  tushunaman. Masalan, uning jamoasi har doim haftaning eng yaxshi, eng qulay kunlarida o'yinlarini o'tkazadi. Mana o'tgan haftada hamma ham keyingi o'yingacha ko'proq dam olishga vaqt bo'lishi uchun ertaroq o'ynagisi kelgandi.

Venger taqvimning qiyinligi haqida:

- Yangi yil arafasidagi o'yinlar ro'yxatiga qarang-da ayting, kimning taqvimi qiyinroq ekan? “Arsenal”dami yoki “CHelsi”da? Misol uchun, biz yakshanba kuni “Everton”ga qarshi o'ynadik. CHorshanbada “Napoli” bilan. SHanba kuni esa “Manchester Siti”ga qarshi. Bunday taqvimni oson deb atamagan bo'lardim. Men shikoyat qilmayapman. So'zlarim esa “CHelsi”ga tegishlimas. Bu shunchaki, nima yaxshi-yu, nima yomon ekani haqidagi fikrlar xolos.

Mourino sovrinlar haqida:

- Venger bilan munosabatlarimiz zo'r! Hatto ajoyib deb atasak ham bo'ladi! Men faqat bir narsani tushunmayman: qanday qilib, umuman sovrin yutmay turib ham inson o'z ishidan mamnun bo'lishi mumkin?

Venger Mourinoning qo'rquvi haqida:

- Mourino domiy ravishda “CHelsi” chempionlik uchun kurashmayotgani haqida gapiryaptimi? Nazarimda, bu shunchaki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo'rish xolos. Boshqa narsa emas. Agar sen poygada ishtirok etmayotgan bo'lsang, demak uni yutqazmaysan ham. Hammamiz yutishga urinishimiz kerak. Harakat muvaffaqiyatli chiqmasa, xatoyimizni tan olmoq ham lozim. Men bemalol “Arsenal” chempionlik poygasida ishtirok etayotganini malum qilishim mumkin. Agar o'xshamasa, javobgarlikni o'z zimmamga olaman.

Mourino muvaffaqiyatsizlik haqida:


- Muvaffaqiyatsizlik borasida men emas Venger mutaxassis hisoblanadi. Sakkiz yil sovrin yutmaslik - muvaffaqiyatsizlik. Balki u haqdir. Balki men omadsizliklarga o'rganmagandirman. Agar sakkiz yil “CHelsi”da hech narsa yutmasam, klubdan ketaman va aslo qaytib kelmayman.

Venger Mourino bilan qarama-qarshilik borasida:

- Mourinoning gaplarimi? Bu bizning u bilan olib boradigan o'zaro qarama-qarshiligimizdir.  Ha, avvallari ham u bilan yorqin, esda qolarli vaziyatlarimiz bo'lgan. Lekin hozirgi butun etiborni “Arsenal” bilan jamoaviy g'alabalarga erishishga qaratishim lozim.

Mourino Vengerning “CHelsi”ga nisbatan muhabbati haqida:

- Ko'plab odamlar, qo'liga binokl olib, qo'shnisining uyiga nazar solishni, kuzatishni yaxshi ko'rishadi. Venger – ulardan biri. O'zining 11 turdan keyin mehmonda biror marta ham g'alaba qozona olmagan jamoasidagi muammolarni echish bilan mashg'ul bo'lish o'rniga, u tinimsiz ravishda “CHelsi”, “CHelsi”, “CHelsi” deyaveradi. Har qanday murabbiy ham raqib haqida gapradi. Lekin doim bir klub haqida gapiraverilmaydi-ku. Hech shubham yo'qki, u “CHelsi”ni sevib qolgan. Balki Venger mening o'rnimni egallamoqchidir?


CHetdan nazar. Bob Uilson:

- Mourino – haqiqiy g'alcha. Bir qarasang “Vest Xem” XIX asr futbolini namoyish etishini gapiradi, boshqa safar Vengerni, Pellegrinini haqorat qiladi. Men buni hurmatsizsikning haqiqiy ko'rinishi deb bilaman. Jirkanch holat deb hisoblayman. Joze o'z reklamasi, o'zining piari uchun qiladi bularni. Bu esa to'g'ri ish emas. Menga bunday bezorilar yoqmaydi.

championat.com saytidan Abror Qodirov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика