Mourino va Venger "Tottenxem" hujumchisini tanqid qilishdi
02 iyu 2019 22:18
Yangiliklar
Mourino va Venger "Tottenxem" hujumchisini tanqid qilishdi
Xabaringiz bor, kecha ECHLning hal qiluvchi bahsida Liverpul klubi Tottenxem ustidan zafar quchib, o'z tarixida 6 marotaba musobaqaning bosh sovrin egasiga aylandi.
Mazkur o'yinni ekspert sifatida beIN Sports telekanali orqali mashhur mutaxassislar Joze Mourino hamda Arsen Venger sharxlab borishgandi. Ularning ikkisi ham «shporlar» forvardi Xarri Keynni tanqid qilishdi.
«Keyn soya ostida qolib ketdi. Reja bo'yicha u orqaga qaytib, futbolchilar bilan bo'gliqlikni taminlashi kerak edi. Odatda u jarima maydoni chizig'i yonida to'pni qabul qilib oladi va aylanib, qanot futbolchisi sifatida oldinga yuguradi. Bu safar esa u o'ziga yuklangan vazifani bajara olmadi», – deya qayd etgan Joze.
“Biz Keyn haqida ko'p gapirdiq. Biroq, u o'yinga tayyor emasdi. Umumiy olganda, «Tottenxem»da faqat Son xavfliroq ko'rindi. Ayniqsa, Trentning ortidan to'pni o'ziga qabul qilib olganidan so'ng”, – deydi Venger.
Fikrlar