

"Sovrinlar? Biz hozirda kuchli to'rtlikdan tashqaridamiz. Bunday vaziyatlarda bu haqida gapirishga erta deb o'ylayman. Kuchli to'rtlikda bo'lsangiz, o'zingizdan yuqoridagilarga qarashingiz, taqvimga e'tibor berib, sovrinlar haqida o'ylashingiz mumkin. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilay olamiz, deb o'ylayman.
Har doim aytaman, jamoa butun mavsum davomida 19 marta o'z maydonida, 19 marta safarda o'yin o'tkazadi. Demak, kimning qayerda o'ynayotgani ahamiyatsiz. Asosiy e'tibor esa grafikka qaratiladi. Oldinroq ketma ket ikki marta safarda - "Byornli" va "Uotford" o'yinlarda qatnashgandik. Mana yana shunday holatdamiz. Endi "Bornmut" va "Manchester Siti"ga qarshi safarda o'ynaymiz", - dedi Mourinyo.



