Mourinyo: "Smollingda barchasi yaxshi. Biroq menga uning sochi yoqmayapti"

Mirjalol Normatov
16 sen 2018, 11:55
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Uotford" (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin himoyachi Kris Smollingning o'yinlari haqida to'xtaldi.

"U yaxshi o'yin ko'rsatdi. Faqatgina uning soch turmagi menga yoqmayapti (kuladi).

U ham Lindelof kabi raqibga yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Qaytaraman, o'tgan ikki o'yinga Fellayni juda ham muhim edi. Chunki "Byornli" va "Uotford"da bo'yi uzun hujumchilar bor.

Ushbu uch futbolchi to'pni nazorat qila oladi, uzoq masofalarga to'pni oshirishni uddalaydi, bosh bilan yaxshi o'ynaydi, jismoniy jihatdan kuchli, aqlli, shu boisdan ular bizga kerak. Markaziy himoyachining gol urishi esa ajoyib holat", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo