Mourinyo: "Salohni men sotib yubormaganman"

Mirjalol Normatov
27 apr 2018, 11:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Muhammad Salohning "Chelsi"dan ketishi haqida gapirdi.

"Ko'pchilik Salohni "Chelsi"dan ketkazib yuborish borasidagi qaror meniki deb o'ylaydi, biroq barchasi boshqacha. Uni "Chelsi"ga transfer qilish kerakligini men aytganman.

Biroq Saloh "Chelsi"daligida juda yosh bo'lgan. Jismoniy va ruhiy jihatdan kuchli emas, fikrlashi ham boshqacharoq bo'ldi. Shu boisdan uni ijaraga berib yuborishga qaror qildik. Buni uning o'zi ham istadi.

Salohni "Chelsi" sotib yuborishni istadi. Bu mening istagim emasdi. O'shanda men Salohni ijaraga berib yuborishga rozi bo'lgandim", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.com