So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Mourino sabab "CHelsi"dan ketgan 10 nafar yulduz Yangiliklar

Mourino sabab "CHelsi"dan ketgan 10 nafar yulduz

Teglar :  MourinoCHelsi
Ushbu futbolchilar katta ehtimol bilan Mourinoning istefosidan afsusda emaslar.

Petr CHex. Mourino CHexning ketishini uncha istamagan. Biroq, Tibo Kurtua sabab chexiyalik posbon jamoada qolishni istamagan. SHuningdek, suratda Eva Karneyro ham bor...


David Luis. Braziliyalik himoyachining Mour bilan "yulduzi yulduziga to'g'ri kelmagan". Bu orada esa PSJdan himoyachi uchun 50 millionlik taklif chiqqan.


Felipe Luis. "Atletiko"dagi yorqin o'yinlari sabab harid qilingan futbolchi bir yildan so'ng yana sobiq jamoasiga qaytib ketgan



Rayan Bertran. 7 marotaba boshqa jamoaga ijaraga berilgan "CHelsi" tarbiyalanuvchisi Mourinoga maqul kelmagan va "Sautgempton"ga sotib yuborilgan.



Kevin de Bryuyne. Mourning katta xatolaridan biri. "Volfsburg"ga 16,5 million funtga sotib yuborilgan futbolchi Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi. So'ngra "Manchester Siti" belgiyalik futbolchini 55 million funt evaziga harid qilgan. (De Bryuynening oldidagi futbolchi esa Demba Ba turibdi, u ham jamoadan o'rin ola bilmagan).



Xuan Mata. Mourino kelgunicha ispaniyalik futbolchi ketma-ket ikki mavsum "CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Portugaliyalik murabbiy uni "Manchester Yunayted"ga sotib yuborgan.



Muhammad Salah. Ushbu futbolchi ham Mourino qo'l ostida o'zini ko'rsata olmagan.



Andre SHyurrle. Umuman olganda yomon futbolchi emas. Mourino "CHelsi"ga qaytganida birinchilardan bo'lib aynan SHyurrleni harid qilgandi. Ammo, lekin, biroq...



Xuan Kuadrado. Kolumbiyalik futbolchiga "CHelsi"da deyarli imkon berilmagan...



Romelu Lukaku. Belgiyalik futbolchi hozirgi kunda "Everton"ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Biroq, nimagadir portugaliyalik murabbiy ushbu futbolchiga har doim ham imkon beravermagandi.

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика