Mourinyo: "Runi hech qachon raqib darvozasidan 40 metr uzoqda o'ynamaydi"
Aslanov Jasurbek
5 iyul 2016, 17:10
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ueyn Runini markaziy yarim himoyachi joyida ko'rmasligini aytdi.
"Runi avvalgidek o'ynay olmayotgan bo'lishi mumkin, ammo hech qachon raqib darvozasidan 40 metr uzoqda bo'lmaydi. U meni qo'l ostimda "to'qqiz", "o'n", "to'qqiz yarim" rolida bo'ladi, ammo "olti yoki "sakkiz"ning joyida o'ynamaydi" - deydi Mourinyo.