Mourino: "Rossiya fenomenal o'yin ko'rsata oldi"
11 iyu 2018 10:42
Yangiliklar
Mourino: "Rossiya fenomenal o'yin ko'rsata oldi"
Ayni damda JCH o'yinlarida ekspertlik qilayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Rossiya termasining mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Ko'pchilik Rossiya guruh bosqichidayoq turnirni tark etadi deb hisoblagandi. Biroq ular pley-off chiqishdi va Ispaniya hamda Xorvatiyaga qarshi bahslarda fenomenal o'yin ko'rsata oldi. Endi Rossiya termasidagilar Sergey Ignashevichning o'rniga munosib nomzod izlashlari kerak. Yosh avloddan Denis CHerishev va Aleksandr Golovin nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib bo'lishdi. Kelajakda Rossiya termasidan ko'p narsalarni kutsa bo'ladi", - dedi murabbiy.
Fikrlar