Mourino "Roma"ning durangidan so'ng nimalar dedi?
23 dek 2021 07:54
Yangiliklar
Mourino "Roma"ning durangidan so'ng nimalar dedi?
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyaning 19-turi doirasidagi "Sampdoriya"ga qarshi o'yinidan keyin (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda har tomonlama muammoga uchradik. Jamoa to'liq moslasha olmadi. To'p yo'qotildi, tashabbus ko'rsata olmadi. Faqatgina Dzanolo kurasha oldi va vaziyatlarda to'g'ri harakat qildi.
Ikkinchi taym yaxshiroq o'tdi. Kurash va pressing ham ko'p bo'ldi. Mxitaryanning poziciyasini o'zgartirib, vaziyatlar yarata boshladik, gol urdik.
O'ynashni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Raqib ochko olish uchun qattiq harakat qildi. Bizda ishga noto'g'ri yondoshuv bo'lganligi, sifatli o'yin etishmaganligi natijaga tasir ko'rsatdi.
Abraham jarohat olgan vaziyatda undan qon oqayotganini ko'rdim. U yura olmayotgandi. Jarohat jiddiy deb o'ylamayman, ammo uning holati yaxshi emas", - dedi Mourino.
Fikrlar