Mourinyo "Real" yoki PSJni boshqaradi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2016, 13:52
"Chelsi" sobiq ustozi Joze Mourinyo kelasi mavsumda "Manchester Yunayted"ni boshqarmaydi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Ma'lumotlarga ko'ra. u faoliyatini "Real" yoki PSJda davom ettiradi. Parijliklar rahbariyati jamoaning Chempionlar ligasini tark etganidan so'ng, Loran Blanni iste'foga chiqarishga tayyor. Zinedin Zidanning kelajagi sovrinlarga bog'liq. Agar "qaymoqranglilar" joriy mavsum yakuniga ko'ra hech bo'lmasa bitta sovrin qo'lga kiritsa, fransiyalik jamoada qoladi. Ikkala klub ham Mourinyoni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

"Manchester Yunayted"ga keladigan bo'lsak, Lui van Gal mavsum yakunlangach klubdan haydalishi va jamoani Rayan Giggz boshqarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport.