Mourino "qurbon qilgan" 10 nafar futbolchi
09 may 2015 13:13
Yangiliklar


Mourino "qurbon qilgan" 10 nafar futbolchi
10. Hamid Oltinto'p. 2011 yilning may oyida "Real" safiga borib qo'shilgan. O'sha yilning sentyabrida jamoa safida debyut qilgan futbolchi 2012 yilning yanvarigacha asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. U Joze qo'l ostida mavsumning asosiy qismini zahirada o'tkazib yuborgan.
9. Moxamed Salax. "Bazel"dan "CHelsi" safiga borib qo'shilgan misrlik futbolchi ham londonliklar safida asosiy tarkibdan o'rin ola bilmadi. Lekin, u ayni paytda jamoadan ketib, "Fiorentina" safida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.
8. Xuan Kuadrado. Kolumbiyalik futbolchi yanvar oyida 31 million evro evaziga "CHelsi" safiga borib qo'shilgach, barcha Azar-Kuadrado juftligi raqiblar uchun boshog'riqqa aylanishi kutilgandi. Lekin, Mourino Kuadradoga etarli imkon bermayapti.
7.Nuri SHaxin. Nuri SHaxin "Borussiya D" safidan "Real"ga borib qo'shilgandi. Ammo, turkiyalik futbolchi jamoa saviyasiga to'g'ri kelmasdi.
6. Lassana Diarra. 2009 yilda 20 million evro evaziga "Portsmut"dan "Real"ga ko'chib o'tgan franciyalik yarim himoyachi tez orada madridlik muxlislarning yoqimtoyiga aylana olgandi. Biroq, 2010 yilda portugaliyalik murabbiy jamoaga kelishi bilan u zahira futbolchisiga aylandi qoldi. O'shanda jamoaga Sami Xedira borib qo'shilgandi.
5. Xuan Mata. Ispaniyalik ajoyib futbolchi ham Mourinoning "qurbon"laridan biri. U Mataga emas, Oskarga ishonch bildirgan. SHu sababli, mohir futbolchi zahira o'rindig'ida ancha vaqtini o'tkazdi.
4. Serxio Kanales. "Real"dek jamoada asosiy tarkibdan o'rin olish qiyin. Ayniqsa yosh bo'lsang... "Rasing"ning sobiq futbolchisi yosh bo'lajak yulduz futbolchilardan biri bo'lishi tahmin qilingandi. Lekin, portugaliyalik murabbiy potenciali yuqori bo'lgan ushbu futbolchiga imkoniyat berishni istamagan.
3. Kaka. "Real" 2009 yilda Kaka uchun 68,5 million evro to'lagandi. O'sha payt "Oltin to'p-2007" sohibi eng qimmatbaxo futbolchilardan biri hisoblanardi. U dastlabki mavsumda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta oldi. Biroq... Joze jamoaga kelishi bilan Kaka asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Bunga shuningdek, uning jarohati ham sabab bo'lgan.
2. Iker Kasilyas. Ispaniya terma jamoasining ikki marotaba Evropa chempioni, bir marotaba Jahon chempioni bo'lishiga o'zining katta hissasini qo'shgan posbon. Mourino avvaliga zahira darvozaboni Antonio Adanga ishonch bildirdi. Keyin esa, "Sevilya"dan Diego Lopes harid qilindi. SHu tariqa Iker portugaliyalik murabbiy qo'l ostida asosiy tarkibda o'ynay olmadi.
1. Pedro Leon. Joze Mourino klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan ushbu futbolchini foydasizlikda ayblagan. Futbolchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar hech qachon yaxshi bo'lmagan. U 2010/11 yilgi mavsumda bor-yo'g'i 132 daqiqa harakat qilgan. Kelajakda yulduz bo'lishi kutilgan Leonga Joje tomonidan umuman imkoniyat berilmagan.
Horij saytlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar