Mourino Pellegrini ketishidan oldin "Real" bilan shartnoma imzolashda ayblanmoqda
21 iyu 2017 12:12
Yangiliklar
Mourino Pellegrini ketishidan oldin "Real" bilan shartnoma imzolashda ayblanmoqda
"Real" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan Joze Mourinoga nisbatan ochilgan ish borasida bazi yangi malumotlar paydo bo'ldi.
Portugaliyalik 2010 yilning 31 mart kuni "Qirollik klubi" bilan shartnoma tuzishda ayblanmoqda. O'sha paytda hali "Real"ni Manuel Pellegrini tark etmagan edi. CHililik jamoaning yana 9 ta o'yinini boshqarishi kerak bo'lgan.
Oldinroq Ispaniya prokuraturasi Mourinoga nisbatan ish ochgan edi. U 3,3 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.
Fikrlar