Mourino o'zi tanqid qilgan hakamdan uzr so'radi
05 jan 2015 17:43
Yangiliklar


Mourino o'zi tanqid qilgan hakamdan uzr so'radi
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Uotford"ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 final uchrashuvida (3:0) bosh hakamlik qilgan Kevin Frenddan uzr so'radi.
Mutaxassis oldinroq hakamni tanqid qilgan edi.
"Men teleintervyuda izohlarim uchun Kevin Frenddan uzr so'ramoqchiman, u yaxshi ishladi. Remi gol urgan vaziyatda u penalti qo'ymagani vaziyatni noto'g'ri tushundim, ammo u holatni to'g'ri baholadi.
Teleintervyuda uni bu vaziyat uchun tanqid qildim, lekin hozir bu so'zlarimni qaytib olaman" - deydi Mourino.

Fikrlar