Mourino - ochkolarning yo'qotilishi haqida: "Men buning sabablarini bilaman"
16 apr 2021 00:15
Yangiliklar


Mourino - ochkolarning yo'qotilishi haqida: "Men buning sabablarini bilaman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi hisobda oldinda bora turib, ochkolar yo'qotishi haqida gapirdi.
Ushbu mavsumda "shporlar" APL doirasida hisobda oldinda bora turib, 18 ochko yo'qotdi.
"Buning sababini bilaman. Ammo bunga har tomondan qarab ko'rish kerak. Demak, jamoa o'yinni yaxshi boshlaydi va hisobda oldinda boradi. Bu yaxshi aspekt.
Boshqa tomondan olib qarasak, rostdan ham, g'alaba qozonib turgan paytda nazoratni yo'qotib qo'yyapmiz. Buni tan olish kerak.
Biroq buni xalq oldida muhokama qilishga tayyor emasman. Balki, umuman bunday bo'lmas. SHunchaki buni muhokama qiladigan malum insonlarimiz bor", - dedi portugaliyalik.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 33

Fikrlar