Mourinyo: "Mo'jizalar bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
9 avg 2018, 22:58
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsumning ilk turlari borasida fikr bildirdi.

"Mo'jizalar bo'lmaydi. Mavsumoldi yig'inlarda qatnashgan futbolchilar ayni damda yaxshi holatda va ular barchasiga tayyor. Misol uchun, Sanches ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdi. Biroq dushanbadan mashg'ulotlarga qaytgan, jahon chempionatining muhim pallalarida o'ynagan futbolchilarni hisobdan chiqarish mumkin emas. Qandaydir yo'qotishlar bilan bo'lsa ham, biz mavsumga tayyorlandik.

Endi barchasi jiddiylashadi. Bu sinov-nazorat o'yini ham, tayyorgarlik ham emas. Gap barchasini hal qiladigan ochkolar haqida ketmoqda. Hech kim mavsum davomida nimalar bo'lishini bilmaydi. Endi ertaga o'yin va unda g'alaba qozonish kerak, degan kayfiyat bilan yashaymiz", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MUTV