So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Атлетико" - "Реал" ва бошқа ўйинлардан онлайн ҳисоб  33 00:39ЕЧЛ. "Боруссия" амаллади  3 00:30Россия кубоги. Аббос Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКАдан ғалаба  1 23:54"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" етакчисига катта маош таклиф қилди  1 23:18"Арсенал" икки ярим ҳимоячи билан шартнома имзолашга яқин  2 22:43"Нефтчи" тақдимот маросими ўтказди  11 22:17Мбаппе бугун ўйнайдими?  13 21:52ЕЧЛ. "Лилль" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  3 21:40"Манчестер Юнайтед" "биллури" сафга қайтди  4 21:20Бахтиёр Намозов ва Найим Қосимов соҳил футболи бўйича Осиё кубогига тайинлов олди  2 20:47"Челси"га "Милан" етакчиси керак  0 20:15Аморим: "Янги стадионни ўйлаётганим йўқ"  3 19:55"Олимпик" назорат учрашувида "Истиқлол"га 5 та гол урди  0 19:36Азизбек Турғунбоев жароҳати ҳақида гапирди  4 19:20Қирғиз Республикаси терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши учрашув учун жалб этилган футболчилари рўйхати маълум  3

Mourinyu "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Mourinyu "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Teglar :  RomaJoze Mourinyu
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi (1:3).

"Hisob 0:2 bo'lib turgan paytda ham biz o'ynayotgandik, ammo Rik Karsdorp chetlatilganidan so'ng barchasi tugadi. 

Ammo shuni ham aytishimiz kerakki, o'yinimiz kuchsiz edi. Dastlabki ikki golni ko'rsak, ular biz oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotganimizdan keyin sodir bo'ldi. O'yin sifati etishmadi. Uchrashuvda referining ishi ham, jamoamning o'yini ham menga yoqmadi. 

Hakam xarakter ko'rsata olmadi. VAR aralashishi mumkin edi, ammo o'yin davom ettirildi. Biz kichkina odamlarmiz. 

Barchasini darxol tushundim. 6-7 oydan buyor "Roma"daman. Bunday munosabatga ko'nikyapman, garchi ko'nikmaslik kerak bo'lsada. 

Bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmaganimizni ham inkor etmayman. Tarkibimiz o'rtacha darajada va biz ham turnir jadvalining o'rtasida ketmoqdamiz. Bu aynan "Roma"ning joyi. Biz bugun ko'p xato qildik. Gap taktikada emas, individual qarorlarda edi. 

Eng yomoni - biz birorta ham ochko to'play olmadik. Ammo men bu intervyu tugaganidan so'ng keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlayman ("Yuventus" bilan). Bahs qiyin bo'ladi. 

Bizda qiyinchiliklar bor, ammo biz kuchayishga harakat qilamiz", - dedi Mourinyu. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor SHomurodov o'yinning 76-daqiqasida zaxiradan Temmi Abrahamning o'rniga maydonga tushirildi. 


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика