Mourino: "Men uchun Angliya liga Kubogi finali CHempionlar ligasi finalidan muhimroq"
28 fev 2015 17:11
Yangiliklar


Mourino: "Men uchun Angliya liga Kubogi finali CHempionlar ligasi finalidan muhimroq"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Tottenxem"ga qarshi Angliya liga Kubogi final uchrashuvi oldidan bahs haqida fikr bildirdi.
"Liga Kubogi finali - faoliyatimdagi eng muhimi. CHempionlar ligasi finalidan ham muhim. Xar qanday finaldan muhim.
Bunday narsani gapirayotganimda ahmoqqa o'xshaymanmi? Gap shundaki bu navbatdagi final. Oldingilari klub muzeyidan joy olib bo'lgan. Mening medallarim uyimda, aniq qaerdaligini bilmayman. Ammo faoliyatimdagi eng muhimi - navbatdagi o'yin. Doimo shunday bo'lgan" - deydi Mourino.

Fikrlar