Mourinyo: "Men uchun Angliya liga Kubogi finali Chempionlar ligasi finalidan muhimroq"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2015, 17:11
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Tottenxem"ga qarshi Angliya liga Kubogi final uchrashuvi oldidan bahs haqida fikr bildirdi.

"Liga Kubogi finali - faoliyatimdagi eng muhimi. Chempionlar ligasi finalidan ham muhim. Xar qanday finaldan muhim.

Bunday narsani gapirayotganimda ahmoqqa o'xshaymanmi? Gap shundaki bu navbatdagi final. Oldingilari klub muzeyidan joy olib bo'lgan. Mening medallarim uyimda, aniq qayerdaligini bilmayman. Ammo faoliyatimdagi eng muhimi - navbatdagi o'yin. Doimo shunday bo'lgan" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com