Mourino: "Manchester Siti" bilan o'yinda Eva Karneyro zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi"
14 avg 2015 18:14
Yangiliklar
Mourino: "Manchester Siti" bilan o'yinda Eva Karneyro zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Manchester Siti"ga qarshi APLning 2-tur uchrashuvidan oldin o'yinda Eva Karneyro zaxira o'rindig'ida bo'lmasligini aytdi.
"Mendan Angliya chempioni va vice-chempioni o'rtasidagi o'yin haqida so'raysiz deb o'ylagan edim, ammo savollaringizni qabul qilaman. Tibbiy shtabimizda eng yaxshi mutaxassislar ishlaydi. Ular bilan uzoq yillardan beri ishlab kelinadi. Eva zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi. Bu mening qarorim. Bu bilan u butun mavsum ishlamaydi degan emas" - deydi Mourino.
Fikrlar