Mourinyu "Ludogorec"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin: "Yaxshiyam hozir guruh bosqichi"
09 sen 2022 11:34
Yangiliklar
Mourinyu "Ludogorec"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin: "Yaxshiyam hozir guruh bosqichi"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Evropa ligasi 1-turidan o'rin olgan "Ludogorec"ga qarshi (1:2) o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz ajoyib o'ynadik deya olmayman, bunday bo'lmadi, ammo namoyish etgan o'yinimiz mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun etarlidek tuyuldi. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, raqib hisob ochgach qiynaldik. Hisobni tenglashtira oldik, biroq yana o'tkazib yubordik.
Hozir bizda barchasi joyida emasdek. Yaxshiki hozir pley-off emas guruh bosqichidamiz. Oldinda 5ta o'yin bor. Ilk turda g'alaba qozonish jamoaga ustunlik berardi, ammo endi biz bosim ostida bo'lamiz.
Qirolicha Elizvattaning vafotidan qayg'udaman. Men Buyuk Britaniyaga begona emasman, bu mening uyim, u erda ko'p yillar yashaganman. Qirolicha ajoyib inson edi. Uni hurmat qilmagan odamni tanimayman», – deydi Mourinyu Sky Sport Italia nashriga.
Fikrlar