Mourino Kumanning Depayga aytgan so'zlaridan norozi
19 noy 2016 18:14
Yangiliklar


Mourino Kumanning Depayga aytgan so'zlaridan norozi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Everton" ustozi Ronald Kumanning Memfis Depay haqida aytgan so'zlariga javob berdi.
Oldinroq Kuman gollandiyalikni "Everton" safida ko'rmoqchi ekanligini aytgandi.
"Bunday izoh bermagan bo'lardim. Agar kimdir mendan boshqa jamoa futbolchisi haqida so'rasa, javobim aniq: "Bu mening futbolchim emas". O'yinchi boshqa klubga tegishli, boshqa murabbiy bilan ishlaydi.
Agar "Everton" futbolchisi haqida shunday deganimda, menda muammolar bo'lardi" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar
12:12
"Yamal Messidan yaxshiroq". "Barselona" sobiq futbolchisi hayratlanarli bayonot bilan chiqdi 24

Fikrlar