Mourinyu Konte haqidagi savolga: "Men va Errerani "Inter"ning boshqa murabbiylari bilan taqqoslash mumkin emas"
09 iyu 2021 09:07
Yangiliklar
Mourinyu Konte haqidagi savolga: "Men va Errerani "Inter"ning boshqa murabbiylari bilan taqqoslash mumkin emas"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Inter" murabbiylari haqida gapirdi.
Matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiyga Antonio Kontega qarshi o'ynay olmasligi, ularni muntazam ravishda taqqoslashlari haqida savol berishdi.
"Har bir klub tarixida boshqalar bilan taqqoslab bo'lmaydigan murabbiylar bor. Masalan, "Inter"da Mourinyu va Elenio Errerani boshqa murabbiylar bilan taqqoslash mumkin emas", - dedi Mourinyu.
Portugaliyalik murabbiy "Inter" bilan ikki marta Italiya chempioni, Italiya kubogi, Italiya superkubogi va CHempionlar ligasi musobaqalarida g'alaba qozongan. Errera esa uch karra Italiya chempioni, ikki marta Evropa chempionlari kubogi va Qitalararo Kubok musobaqalarida g'olib chiqqan.
Konte esa ikkita mavsum davomida "Inter" bilan faqatgina Italiya chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikrlar