So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  0 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  0 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  0 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  2 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  4 20:41"Тоттенхэм" Сон Хён Мин билан хайрлашиши мумкин  2 20:17"Бавария" "Боруссия Д" вингерига даъвогар  0 19:581 йилдан бери гол урмаётган Грилиш "Сити"дан кетиши мумкин  2 19:52Санжар Турсунов — "Локо"нинг тушиб кетиши, Бердиевни табриклагани, клубдаги мантиқсиз ишлар ва келажаги ҳақида   5 19:35МЮ Брунунинг ходимлар харажатларини тўлаш таклифини рад этгани маълум бўлди  3 19:20Расман: Ўзбекистон футзал федерацияси ташкил этилди. Унинг раҳбари ҳам маълум  7 19:10Баҳодир Сейткамолов: "Мени Сейткамолов қилган "Навбаҳор" бўлади, Россияда юрдим лекин футболни соғиндим"  11

Mourino, Klopp, Moyes… Kim o'ziga ko'proq o'xshaydi? Yangiliklar

Mourino, Klopp, Moyes… Kim o'ziga ko'proq o'xshaydi?

APL murabbiylarining FIFA 17 videoo'yinidagi Qiyofalariga baho.

Sir emas, futbol taraqqiy etgani sari zamonaviy texnika mahsuli bo'lmish virtual o'yin versiyalari ham yangi-yangi qirralar bilan boyitilmoqda. Xususan, FIFA o'yinlari tarixida ilk marta maydon chetida turuvchi murabbiylar obrazi yaratildi. Aytish joiz, bazi siymolar real hayotdagi mutaxassislarga maksimal darajada o'xshaydi, boshqalari engil kulguga sababchi bo'ladi. Oddiy aytganda, haqiqiy fotoreallik va aks holat omixtasi. Muhimi, endilikda kompyuter monitorida har bir murabbiy nusxasi o'ziga xos xatti-harakatlarni ko'rsatib turadi. Virtual o'yin ixlosmandlari esa, ularning jamoalarini mag'lub etib, miriqish, shuningdek, muayyan mutaxassis obrazini g'azab otiga mingdirish imkoniyatiga egalar. Qo'yidagi fotosuratlarga qarab, videoo'yin yaratuvchilari kimning qiyofasini ideal tarzda yaratishganiga o'zingiz baho bering.

20. Devid Moyes (Sanderlend)

Yo'q, yo'q, yana yo'q... Bu Devid Moyes emas, Viktor Yanukovich-ku. Ehtimol, sizga boshqacha ko'rinayotgandir? Ha, shotlandiyalik mutaxassis oxirgi vaqtlarda futbol jamoatchiligi hurmatini qozondi, ammo hali bunchalik jiddiylashmadi-yov...

Reyting yulduzi: 0.

19. Klod Pyuel (Sautgempton)

Ism-sharifi noziktab parfyumga xos, chehrasi esa klassik hisobchiga. Nahotki, Sautgempton ustozi qiyofasini o'xshatish qiyin bo'lsa? Ikki ko'z va og'iz... SHu ham qiyofami? Axir bu Monakoda naq 17 yil ishlagan inson-ku.

Reyting yulduzi: 0.

18. Valter Maccarri (Uotford)

Maccari... Bu kim bo'ldi? 90-yillarda A seriyasida Empoli sharafini himoya qilgan, keyin Sampdoriyani boshqargan, Napolidagi ishi uchun Enco Bearzot nomidagi mukofot bilan taqdirlangan Valter shumi? Qo'ysangizchi... Xuddi shunchaki, o'rta yoshdagi kishining yuzi aks ettirilgandek.

Reyting yulduzi: 0.

17. Aytor Karanka (Midlsbro)

Karanka 90-yillar oxirida Real libosida to'p surgan, keyin bosh murabbiy assistenti vazifasini bajargan. Midlsbrodagi ish uncha obro'li emasdir, biroq bu uning qiyofasini cho'zinchoq qilib qo'yishga asos bermaydi-ku. Ha, bu tasvir ko'proq Rojer Federerning cho'zilgan yuziga o'xshaydi-ya.

Reyting yulduzi: 1.

16. Mayk Felan (Xall Siti)

Felan vaqtida Manchester Yunaytedda o'ynagan, toki, Rayan Giggz, Li SHarp, Devid Bekxem va Niki Batt uni tarkibdan siqib chiqarmagunlaricha. Murabbiylik ishini boshlaganida esa, Devid Moyes pattasini qo'liga tutqazgan. FIFA 17da esa faqat taqir boshi o'xshatilibdi, xolos. Bechora Miki...

Reyting yulduzi: 1.

15. Mark Xyuz (Stok Siti)

Xyuz futbolchilik faoliyati davomida Manchester Yunayted, Barselona va Bavariya klublarida o'ynagan. Qisqasi juda iqtidorli bo'lgan. Afsus, elektron qiyofasi tushkun kayfiyatdagi Jorj Bushni eslatyapti...

Reyting yulduzi: 2.

14. Maurisio Pochettino (Tottenxem)

SHporlar 12 yil davomida 12 nafar murabbiyni ko'rishdi. Pochettino esa jamoaning ilk marta CHL yo'llanmasini qo'lga kiritishini taminladi. Ko'pchilik uni zamonamizning eng istiqbolli murabbiyi sifatida etirof etadi. Biroq ushbu talqin londonliklar ustozini oz-moz eslatadi, xolos.

Reyting yulduzi: 2.

13. Eddi Xou (Bornmut)

APLdagi eng yosh murabbiy professional faoliyatining katta qismini Bornmut himoyachisi rolida o'tkazgan va 2009 yilga kelib, jamoa boshqaruvini qo'lga oldi. Nima derdik, qiyofasi chakki chiqmagan, ammo ko'zi atrofidagi ajinlar...

Reyting yulduzi: 2.

12. Alan Pardyu (Kristal Pelas)

1989 yili Kristal Pelasni elitaga chiqishiga ko'maklashgan va keyinchalik Angliya kubogi yarim finalida Liverpul darvozasiga g'alaba golini urgan futbolchi. U Nyukaslda 4 yil muvaffaqiyat bilan ishlagach, Pelasga qaytib, jamoani Angliya kubogi finaliga etakladi. Afsuski, hal qiluvchi bahsda Manchester Yunaytedga bas kelish yo'lini topolmadi. FIFA talqinichi? Eh, o'xshovsiz ijod.

Reyting yulduzi: 2.

11. Antonio Konte (CHelsi)

Murabbiylikka ancha dadil qadam tashlagan Konte Yuventus bilan 3ta skudetto yutgach, Italiya terma jamoasini boshqardi va CHelsiga o'tdi. Uning FIFA talqinidagi yuziga qarash uncha yoqimli emas. To'g'ri, tan olish kerak, tasvirning reallikka o'xshash tomonlari ham etarli.

Reyting yulduzi: 3.

10. Toni Pyulis (Vest Bromvich)

Toni Pyulis virtual kepkada - bu yaxshi. Ammo egnidagi qop-qora sport kostyumi nimaga dalolat? Murabbiy go'yoki, policiyadan yashirinayotgandek. Toni, xavotirlanma, bu suratga qaragan biror kimsa Vest Bromni eslamaydi ham. SHuning barobarida aynan o'zingni ko'z oldiga keltirishi tayin.

Reyting yulduzi: 3.

9. Klaudio Raneri (Lester Siti)

Bu aynan Raneri - o'zgarmas va mashhur ko'zoynagi, tabassumi va sipoligi bilan ajralib turuvchi italyan. Bilasiz, o'tgan mavsum Lesterning chempionshipga tushib ketishini taxmin qilishgandi, Raneri bobo esa tulkilarni chempionlikka etakladi. Vaholanki, bu klubning APLda birinchi bo'lishidan Elvisning qayta tirilishi ehtimoli baland ekanligini aytgandilar. Amalda Rane­ri shogirdlari oltinga burkanishdi, demak, Elvisni tinch qo'yish kerak...

Reyting yulduzi: 4.

8. Ronald Kuman (Everton)

Evertonning gollandiyalik ustozi vaqtida o'z mamlakati milliy jamoasiga sardorlik qilgan va 90-yillarda jahon futbolidagi eng sermahsul (to'purar) himoyachi sanalgan. O'yin ilovasida Kuman ancha yaxshi tasvirlangan. Ana, nigohiga bir qarang...

Reyting yulduzi: 4.

7. Yurgen Klopp (Liverpul)

Yurgen Norbert Klopp Borussiyada chinakam inqilobga qo'l urib, klubni ketma-ket 2 marta bundesliga taxtiga ko'tardi. Nemis mutaxassisi endilikda Liverpul bilan ham shu ishni takrorlamoqchi, garchi APL bundesliga emasligini yaxshi bilsada. Ahmoq Klopp! FIFA 17dagi qiyofasida dahshat uyg'otuvchi etakchilik va jonkuyarlik xususiyatlari belgilari mujassam. Biroq ijodkorlar Yurgenga xos original tabassumni tasvirlaganlarida edi...

Reyting yulduzi: 4.

6. Arsen Venger (Arsenal)

Bechoragina Arsen. Uning jamoasi tarafkashlari Iltimos, ket, deya murojaat etishdan charchamay, buni maxsus bannerlarda ifoda qilayotgandilar. Zero, chempionlikdan darak yo'q edi. Vengerning qiyofasiga kelsak, barchasi binoyidek. Faqat, bitta narsa etishmayapti - murabbiyning o'zi kabi mashhur kurtkasi.

Reyting yulduzi: 4.

5. SHon Daych (Bernli)

SHon Mark Daych - jarangdor ism-sharif. SHon. Mark. Daych. Ha, murabbiyning nusxasi beixtiyor  qo'mondon lordni eslatadi. Aytish o'rinli, SHon Bernli bilan 2 marta APLga yo'llanma olishni uddalagan. Bu murabbiyni mudom maydon chetida ko'rish mumkin. O'ziga xos belgisi - tugilgan musht.

Reyting yulduzi: 4.

4. Slaven Bilich (Vest Xem)

APLning yomon bolasi. Bilichning ishlari yurishmayotgan payt uning ko'ziga ko'rinmagan maqul. Eslang, xorvat vaqtida o'zini jarohatlangandek ko'rsatgan va boyaqish Loran Blan qizil kartochka olib, JCH-98 finalidan chetda qolgandi. Uning ko'p chekishi ham malum, ammo bu holatini tasvirlash noo'rin, albatta.

Reyting yulduzi: 5.

3. Joze Mourinyu (Manchester Yunayted)

Zamonaviy futbolning eng yaxshi murabbiylaridan biri. To'g'ri, Portu va Inter bilan CHLda g'olib chiqqan Joze Mourinoning jodusi oxirgi vaqtlarda qaergadir yo'qolgandek. SHuning uchun bo'lsa kerak, virtual o'yin ijodkorlari uni horg'in holatini aks ettirishdi.

Reyting yulduzi: 5.

2. Franchesko Gvidolin (Suonsi)

Reyting oralab qancha past tushsangiz, murabbiylar tobora o'zlariga o'xshash ko'rinish oladilar. Gvidolin qiyofasiga qunt bilan boqing, shunchalik real ijod ham bo'ladimi? Ehtimol, barcha gap uning peshonasi, aniqrog'i, ajinlaridadir...

Reyting yulduzi:  5.

1. Xosep Gvardiola (Manchester Siti)

Ha, EA o'z kamerasini to'la ishga solib, tasodifan Pep Gvardiolani nafaqat yuz chehrasi, balki butun qalbini muhrlagandek. Nima derdik, Barselona va Bavariya boshqaruvida etarlicha sovrinlar yutgan va hozir Sitida yanada yuksaklikka intilayotgan murabbiy shunday qiyofaga munosib.

Reyting yulduzi: 6.

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика