Mourino: "Keyn ketadi? Uning uch yillik shartnomasi bor"
05 apr 2021 10:21
Yangiliklar
Mourino: "Keyn ketadi? Uning uch yillik shartnomasi bor"
"Tottenxem" ustozi Joze Mourino forvard Xarri Keynning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"U bilan kelajagini muhokama qilmadim. Xarri har kuni yaxshi mehnat qilmoqda. Doimo o'zining professionalligini va jamoaga sodiqligini namoyish qilgan. SHu boisdan buni gaplashish noo'rin.
Keynning yana 3 yillik shartnomasi bor. Demak, ushbu mavzuni gaplashish shart emas. Agarda uning o'zi buni istamasa... Biroq hali u bu mavzuni ko'targanicha yo'q", - dedi Mourino.
Fikrlar