Mourino kelajagi haqidagi savolga javob berdi
02 okt 2023 10:50
Yangiliklar
Mourino kelajagi haqidagi savolga javob berdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"Siz kelajagim haqida gapiryapsiz, ammo men bunday qilmasligim kerak. Mening kelajagim — bu "Roma" bilan amaldagi shartnoma va u 30 iyunga qadar amal qiladi. Boshqalarni bilmadim, ammo men uchun bu jiddiy vaqt oralig'i.
Men rahbariyat bilan gaplashishim ham shart emas, murabbiy o'z ishini qilib, klub va uning obro'sini yodda tutishi zarur"
Avvalroq Mourino 2022 yil yozida Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etgani aytilgandi.
Fikrlar