So’nggi yangiliklar

23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  1 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  0 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  63 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  9

Mourino: "Inter"ning raqobatchisi menga taklif bilan chiqsa, o'ylab o'tirmayman" Yangiliklar

Mourino: "Inter"ning raqobatchisi menga taklif bilan chiqsa, o'ylab o'tirmayman"

Yaqindagina "Tottenxem"dan istefoga chiqarilgan Joze Mourino sobiq klublariga qanday etiborda ekanligini aytdi.

- Qaysi klubni yaxshi ko'rasiz?
- O'z shahrimdagi "Vitoriya Setubal"ni. Ularda bo'layotgan ishlarga doimo qayg'uraman. Undan tashqari, klubdagi barchani qattiq hurmat qilaman. Agarda ikki sobiq jamoam qarama-qarshi o'ynaydigan bo'lsa, muxlislari, rahbariyati bilan qaysi biriga ko'proq bog'lanib qolgan bo'lsam, o'sha jamoaga muxlislik qilaman.

Men bir jamoada ko'p ishlagan mutaxassis emasman. Agarda "Real" men uchun ahamiyat kasb etmaydigan jamoaga qarshi o'ynasa, albatta "Real"ga muxlisman.

- "Real" "CHelsi"ga qarshi o'ynasachi?
- O'z do'stlarim yo'lidan boraman. Qaerda ko'proq vaqtimni o'tkazganman? Prezident o'sha-o'shami? Xo'jayinlar o'sha-o'shami? Men bilan ishlagan futbolchilarmi? Umuman olganda barchadan minnatdorman. U erda o'z ishim bilan barchasini to'lab bo'lganman.

Ko'p yutamizmi, kam yutamizmi, g'alaba yo'qmi, men har bir ishlagan joyimda borimni beraman. Klubdan ketayotganimda ham u erdagilarga doimo iliq so'zlar aytaman. Doimo pozitivlikka intilaman. "Inter"! "Inter" bilan barchasini yutdim. U er bilan meni doimo bog'lanib turgan joyimiz bor.

Agarda bir kun kelib, Italiyada ishlash kerak bo'lsa, "Inter"ning asosiy raqobatchisi taklif bilan chiqsa, ikki marta o'ylab o'tirmayman. Professionalman. O'z ishimga sidqidildan yondashaman. O'z ishimni yaxshi ko'raman.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика