Mourino - Fariyaning ketishi haqida: "Talaba endi ekspertga aylanmoqda"
13 may 2018 13:10
Yangiliklar
Mourino - Fariyaning ketishi haqida: "Talaba endi ekspertga aylanmoqda"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino yordamchisi Ruy Fariya bilan iliq xayrlashdi.
"17 yil... Leyriya, Portu, London, Milan, Madrid, yana London va Manchesterda birgalikda shuncha yilni o'tkazdik. Mashg'ulotlar, o'yinlar, sayohatlar, darslar, quvonchli onlar, baxt ko'z yoshlari. 17 yildan keyin bolakay haqiqiy erkakka aylanmoqda. Intelligent talaba endi futbol ekspertga aylanmoqda va omadli faoliyatga tayyor.
Do'stim, seni sog'inaman, bu esa men uchun eng qiyini. Biroq uning baxti - eng asosiysi, uning qarorini hurmat qilaman. CHunki bir kun kelib u bilan yana birga ishlashimni bilaman. Hamisha xursand bo'lib yur, do'stim", - dedi Mourino klub matbuot xizmatiga.
Fikrlar