Mourino: “Faoliyatim davomida 25 yarimta sovrin yutganman”
09 iyu 2021 21:04
Yangiliklar
Mourino: “Faoliyatim davomida 25 yarimta sovrin yutganman”
“Tottenxem” sobiq ustozi Joze Mourino Angliya Liga Kubogi finalidan bir necha kun oldin jamoani tark etgandi.
“SHporlar” esa musobaqaning hal qiluvchm bahsida “Man Siti”ga imkoniyatni boy berishgan – 0:1.
“Faoliyatim davomi nechta sovrin yutganman? 25 yarimta. Yarimtasi – “Tottenxem” bilan o'ynash nasib etmagan finalim. Finallarda o'ynagan futbolchilardan so'rab ko'ring, ularning barchasi hal qiluvchi bahsga chiqish orzu ekanligini aytishadi. U asosiy, 20 yoki 50-tarkib azosi bo'lishi muhimi emas.
“Uembli”dagi finalda o'ynash esa bu orzudan ham ko'proq narsa. Men birinchilardan bo'lib “Uembli”da bo'lganman va har safar u erga borganimda sovrinni qo'lga kiritish imkoni bo'lardi – bu orzudan ham ko'prog'i. Finalda yutish esa tituli ko'p bo'lmagan jamoa uchun ikki karra orzu hisoblanadi”, deydi portugaliyalik.
Fikrlar