Mourino Diego Kosta jarohatida del Boskeni aybladi
28 okt 2014 16:28
Yangiliklar


Mourino Diego Kosta jarohatida del Boskeni aybladi
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, o'z jamoasi hujumchisi Diego Kostaning jarohatida Visente del Boske boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi aybdor.
"Diego Kosta terma jamoasidan qaytganidan so'ng kasalxonaga yo'l oldi. U "Manchester Yunayted" bilan bahsni virus tufayli emas, jarohat sabab o'tkazib yubordi. U terma jamoa safida bo'lganida shikastlangan. Bundan tashqari, Kosta KPRga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishi kerak" - deydi Mourino.

Fikrlar